OOO iVenture Accounting Group oʻz mijozlarining buxgalteriya boʻlimlari samaradorligi va mahsuldorligini inqilobiy tarzda yaxshilashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Komapniya buxgalteriya hisobi va maʼlumotlar boshqaruvi boʻyicha keng qamrovli xizmatlar toʻplamini taklif qiladi va tengsiz yordam xizmati uchun ilgʻor texnologiyalardan foydalanadi.
2023-yilda tashkil etigan ushbu kompaniya qisqa muddat ichida IT Park rezidentiga aylandi. “National Business & Accounting Consultants Corporation” sifatida ish boshlagan va koʻplab xaridlar orqali oʻsib borayotgan 30 yillik boy tarixga ega iVenture Accounting Group Inc afsonaviy merosga va 2000 dan ortiq mijozlarga ega.
Bosh direktor va taʼsischi Boris Foxman taʼkidlaganidek: “AQSHdagi oʻttiz yillik faoliyatimizdan keyin birinchi xalqaro yurishimiz bizni Oʻzbekistonga olib keldi. Iqtisodiy jihatdan sezilarli daraja oʻsib borayotgan va taʼlimga katta sarmoya kirituvchi bu mamlakat katta tajribamizni baham koʻrishimiz uchun qulay sharoitni taklif qiladi. Biz Oʻzbekistondagi rivojlanayotgan kompaniyalar va xalqaro tashkilotlarga oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish imkoniyatini taqdim etishga intilamiz.”